Abramovich “Chelsi” etakchisini sotib yuborishga tayyor

  • 10.07.2018 17:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi xo‘jayini Roman Abramovich jamoa etakchisi Eden Azarni sotishga tayyor.

Xabarlarga qaraganda rossiyalik biznesmen kelgusi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etishni istayotgan 27 yoshli belgiyalik futbolchining xohishiga qarshi chiqmoqchi emas va uni boshqa jamoaga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Azarga ayni damda Ispaniyaning ikki grandi – “Real” va “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, Azar “Chelsi” safiga 2012 yil “Lill” klubidan 35 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!