Adam Lallana Angliya termasining 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Angliya terma jamoasi va “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Adam Lallana milliy terma jamoaning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FA xabar bermoqda.

Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan respondentlarning 39 foizi “Liverpul” a’zosini qo‘llab-quvvatladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda Jeymi Vardi (12%) va Ueyn Runi (8%) qo‘lga kiritdi.

Angliya yoshlar terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi “Sautgempton” yarim himoyachisi Natan Redmond deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi so‘nggi uch yilda ikki marta – 2014 va 2015 yillarda mazkur mukofotga loyiq topilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!