Afsuski, Sabina Sharipovaning kuchi etmadi
Qozog‘istonning Ostona shahrida ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan turnir o‘z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova gruziyalik Ekaterina Gorgodzega qarshi kortga chiqdi.
Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda, afsuski, Sabina raqibasiga 4:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Fikrlar