Agar Neymar kataloniyaliklar safidan ketsa, “Barselona” transfer bozorini larzaga keltirishga tayyorlanmoqda
Agar Neymar kataloniyaliklar safidan boshqa jamoaga o‘tib ketadigan bo‘lsa, “Barselona” transfer bozorini larzaga keltirishga tayyorlanmoqda. Diario Gol nashrining ma’lum qilishicha braziliyalik futbolchining “Kamp Nou”dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Agar bu holat yuz bergan taqdirda “Barselona” birinchi navbatda joriy mavsum 21ta gol urishga erishgan “Monako”ning 18 yoshli futbolchisi Kilian Mbappeni sotib oladi. Bundan tashqari “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati jamoaning markaziy chizig‘ini kuchaytirish maqsadida PSJdan Marko Veratti yoki “Liverpul” a’zosi Filippe Koutinolardan birini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirishmoqda.

Fikrlar