Agar Zidan MYu bosh murabbiyi bo‘lsa, jamoaga kimlarni olib kelmoqchi?

  • 9 sentabr, 2018, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ga kelishi aytilayotgan “Real” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan yangi jamoasiga qaysi futbolchilarni olib kelish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar bordiyu frantsiyalik mutaxassis mankuanliklar bosh murabbiyi etib tayinlansa, jamoasiga birinchi navbatda Tyago Alkantara, Toni Kroos, Xames Rodriges va Edinson Kavanilarni jalb etishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” bilan ketma-ket 3 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Zidan o‘tgan mavsum yakunlangach o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!