Aguero van Persini ortda qoldirdi
Shu tariqa, argentinalik forvardning APLda kiritgan gollari soni 146 taga etdi va legioner futbolchilar orasida mazkur turnirda eng ko‘p gol kiritgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
U bugungi 3 ta gol evaziga 144 ta golga ega bo‘lgan "Arsenal" va "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Robin van Persini ortda qoldirishga erishdi.
Bu borada birinchilikni "Arsenal" sobiq hujumchisi Teri Anri (175 ta gol) egallab turibdi.
Fikrlar