"Al-Sadd" Xavi bilan kelishuvni uzaytirgani haqida e’lon qildi

  • 25.05.2018 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatarning "Al-Sadd" klubi ispaniyalik yarim himoyachi Xavi Ernandes bilan amaldagi shartnomani uzaytirgani haqida rasman e’lon qildi.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 38 yoshli futbolchi qatarliklar bilan 2020 yilga qadar tuzilgan kelishuvni imzolagan.

“Al-Sadd”da yana ikki yil qolishimdan juda xursandman. Ushbu jamoada ekanligimdan va shunday muxlislar qurshovidaligimdan baxtiyorman”, - deydi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi "Al-Sadd"ga 2015 yil “Barselona”dan kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 64ta uchrashuvda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 17ta gol hamda 21ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!