Alkantara MYuga o‘tadi, agar...

  • 12.09.2018 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi xavbeki Tyago Alkantara "Manchester Yunayted"ga o‘tishga rozilik bildirdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Biroq, 27 yoshli futbolchining “Old Trafford”ga transferi Zinedin Zidan MYu boshqaruviga tayinlanganidan so‘nggina amalga oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan yozgi transferlar davrida Alkantaraga "Barselona" va "Real" klublaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!