
Amaldagi chempion bugun "Roma"ni qabul qiladi
Bugun Madridda UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqichidan o‘rin olgan yana bir qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, musobaqaning amaldagi chempioni “Real” turnirning o‘tgan mavsumdagi yarim finalchisi “Roma”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Real” Chempionlar ligasida ketma-ket 28ta o‘yindan buyon gol urib kelmoqda.
- “Real” va “Roma” jamoalari o‘rtasidagi so‘nggi 8ta o‘yinni barchasida g‘olib nomi aniq bo‘lgan, durang qayd etilmagan.
- “Roma” Chempionlar ligasining so‘nggi 5ta safar bahsida o‘z darvozasidan kamida 2ta gol o‘tkazib yuborgan.
"Real" - "Roma"
Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid, Ispaniya)
Boshlanish vaqti: 00:00
Bosh hakam: Born Kuypers (Gollandiya)
Taxminiy tarkiblar:
"Real": Navas - Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal - Kroos, Modrich, Kazemiro - Beyl, Asensio, Benzema
"Roma": Olsen - Markano, Manolas, Fasio - Karsdorp, Kolarov, N' Zonzi, De Rossi - Shik, Djeko, Pastore
Fikrlar