Amanda Nunes Konor MakGregor hamda Korme qayd etgan natijani qayd etdi!

UFC engil vazn toifasida chempion Amanda Nunes Kris Sayborgni mag‘lub etib yarim engil vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Bahs Kaliforniyada tashkil qilingan UFC 232 turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Nunes Sayborgni birinchi raundning 51-soniyasida nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Amanda UFCdagi faoliyati doirasida 17 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Kris esa 23 bahsda ishtirok etib 2 marta imkoniyatni boy bergan.

Amanda Nunes UFC ikki divizioni chempionlik  kamarini qo‘lga kiritgan birinchi ayol. Ilgariroq, bunday natijani Konor MakGregor hamda Daniel Korme qayd etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!