Ana xolos! PSJ Koutinoni dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylantirmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino PSJ a’zosiga aylanishi mumkin.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar vakillari braziliyalik futbolchining yaqinlari bilan bu borada aloqaga chiqishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra PSJ Koutino uchun 270 mln evrodan voz kechishga tayyor. Agar ushbu transfer amalga oshsa, 26 yoshli futbolchi hamyurti Neymarni (222 mln evro) ortda qoldirib, dunyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylanib olishi mumkin.
Qayd etish lozimki, Koutinoning “Barselona” bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra uning tovon puli 400 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar