"Andijon" - "Navbahor" yohud "qor jangi"dan fotolavhalarni tomosha qiling

  • 23 noyabr, 2016, 09:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Oliy ligamizning ushbu mavsumdagi so‘nggi tur uchrashuvlarining bir nechtasi bo‘lib o‘tdi. Muxlis va mutaxassislarning e’tibori shu kuni Andijonlagi "Sog‘lom avlod" o‘yingohiga qaratilgan edi. Boisi, "Andijon" va "Navbahor" jamoalari o‘zaro kurashda kim kuchlilar orasida qolish masalasini hal etishar edi. 

Andijonda yoqqan birinchi qor va sovuq ob-havo ham shu kuni muxlislarni stadionga tashrif buyurishiga to‘sqinlik qilolmadi. Maydonning holatini esa gapirib o‘tirish shart emas. Biroq, shu kuni qanday bo‘lmasin "burgutlar" ham "lochinlar" ham Oliy ligada qolish vazifasini uddalashlari lozim edi. 

Aytish kerakki uchrashuvda keskin to‘qnashuvlara ko‘plab uchradi. Futbolchilarning liboslari loyga burkandi. Andijonliklarning "elita"da qolishlari uchun faqat bitti yo‘l bor edi. Bugungi uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonish va Toshkent derbisida "Obod"ning "Paxtakor"dan ochko tortib olishi. Tabiiyki vazifa juda ham og‘ir. Biroq, uddalashning ham imkoni bor edi. "Burgutlar" 1-bo‘limda hisobni ochishga erishdilar,biroq, ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi. Ustiga-ustak "Obod" "sherlar" bilan durang o‘ynadi. Barchasi faqat andijonliklarning o‘zlariga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Ammo, o‘yinda namanganliklarga omad kulib boqdi va endi ular 1-ligada ikkinchi o‘rinni egallagan Xaqqulobodning "Norin" jamoasi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

E’tiboringizga ushbu "qor jangi"dan olingan eng sara fotolavhalarni taqdim etamiz.

Baxtiyor TOShTEMIROV olgan suratlar.   

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!