Andreas Seppi ikkinchi davrada Martin Klijanni mag‘lub qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avstraliyaning Sidney shahrida Professional tennischilar o‘rtasida "Sydney International" turnirining ikkinchi davra bahslari o‘tkazilmoqda.

Unda italiyalik Andreas Seppi slovakiyalik Martin Klijanni 7:6, 6:2 hisobida engib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa Seppi yarim finalga chiqish uchun gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!