Andrey Shevchenko: Chempionlar ligasida bu mavsum "Yuventus" g‘olib chiqishi mumkin
Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko “Yuventus”ni bu mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga asosiy da’vogar deb aytdi.
- “Yuventus” bu mavsum Chempionlar ligasini qo‘lga kiritishi mumkinmi?
- Albatta mumkin. Ustiga-ustak Ronaldu ham shu erda. “Yuventus”ga aynan mana shunday futbolchi etishmayotgan edi. Men har doim Krishtianuning muxlisi bo‘lganman. Ronaldu juda ham iste’dodli va mehnatsevar futbolchi.
To‘g‘ri, “Yuventus” avval ham kuchli bo‘lgan. Biroq, hozirda ushbu jamoa Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun favorit hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” musobaqaning 1/8 final bosqichida “Atletiko” Madridga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar