Angliya futbol assotsatsiyasi FIFAning yangi takliflariga rozi

  • 8 yanvar, 2017, 13:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha Angliya futbol assotsatsiyasi FIFAning jahon chempionati formatini o‘zgartirish borasidagi takliflarini qo‘llab-quvvatlagan. Bu borada tomonlar o‘zaro uchrashishgan.

Aniqrog‘i, inglizlar FIFAning jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48taga etkazish borasidagi taklifiga hamfikr bo‘lmoqda. Bundan tashqari ular mundialning guruh bosqich o‘yinlarida penatltilar seriyasini joriy etish g‘oyasiga ham ijobiy qarashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, FIFA jahon chempionatining guruh bosqichida asosiy va qo‘shimcha taymlarda qayd etilgan har qanday durang natijadan so‘ng penaltilar seriyasini joriy etmoqchi. Raqibini penaltilar seriyasidan so‘ng mag‘lub etgan jamoa uchrashuvda g‘olib deb topiladi va o‘sha jamoaning hisobiga 3 ochko beriladi.

Eslatib o‘tamiz, FIFAning bu g‘oyalari 2026 yil bo‘lib o‘tadigan mundialga tadbiq qilinishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!