"Anji" sardori: Yarim yildan buyon tekinga futbol o‘ynab yuribman

  • 14.10.2018 19:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov to‘p suradigan Maxachkalaning “Anji” klubi sardori Dmitriy Belorukov yarim yildan buyon maosh olmayotgani haqida gapirdi.

“Bilasizmi, oxirgi olti oydan buyon tekinga futbol o‘ynab yuribman (kuladi). Lekin bu faqatgina “Anji”dan boshlanmadi. Bu borada misollar ko‘p. «Saturn», «Moskva», «Alaniya», «Tosno». Bu shunday ana’naga aylanib qoldi. Menimcha liga rahbariyati ushbu muammoni hal qilishi kerak. Bunday davom etishi kerak emas.

Balkim xududlarda futbol kerakmasdir? Men bunday o‘ylamayman. Xududlarda odamlar futbolni yaxshi ko‘rishadi, stadionlarga kelishadi. Lekin, nima uchun homiy yo‘q...Bilmadim, bunga javob berolmayman”, - deydi Belorukov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Anji" futbolchilari maoshlarida yuzaga kelgan qarzdorlik sabab rahbariyatga ultimatum qo‘yishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!