Hamdamovning jamoadoshlari "Anji" rahbariyatiga qanday shart qo‘yishdi?

  • 05.10.2018 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Maxachkalaning “Anji” klubi futbolchilari jamoa rahbariyatiga shart qo‘yishdi. Unga ko‘ra futbolchilar 18 oktyabrgacha barcha qarzdorliklarni bartaraf etilishini talab qilishmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda agar ularning ushbu talabi bajarilmasa futbolchilar maydonga chiqishdan bosh tortishadi. Ushbu mazmundagi xat klub bosh direktori nomiga yuborilgan.

Ma’lumot uchun, “Anji”ning umumiy qarzi 260 million rublni tashkil qiladi. Jamoa esa ayni damda premer-ligada 12-pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, “Anji” safida hamyurtimiz Dostonbek Hamdamov ham to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!