Anri EChL tarixiga kirdi
Terri Anri boshqaruvidagi “Monako” ayni damda UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida safarda “Bryugge”ga qarshi bahs olib bormoqda.
E’tiborlisi, monakoliklar ustozi Terri Anri uchun ushbu bahs EChLda murabbiy sifatidagi ilk uchrashuv bo‘ldi. 41 yoshli mutaxassis ushbu musobaqa tarixida futbolchi sifatida 100tadan ortiq o‘yin o‘tkazgan va murabbiy sifatida ham ushbu turnirda ishtirok etgan uchinchi inson bo‘ldi. Anri faoliyati davomida Chempionlar ligasida 112ta o‘yin o‘tkazgan.
Ta’kidlash kerakki, ushbu nomiga Anridan avval faqatgina Klarens Zeedorf (125) hamda Gari Nevilllar (109) sazovor bo‘lishgan.
Fikrlar