Anri ham "Oltin to‘p" borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi

  • 10.11.2018 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Monako” klubi bosh murabbiyi Terri Anri bu yilgi “Oltin to‘p” sovrini kimga nasib etishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men uchun jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi bu – Eden Azar. Biroq, musobaqada Frantsiya terma jamoasi g‘olib bo‘ldi. Shu bois nomzodlar orasida frantsiyalik futbolchi bo‘lishi shart. Agar “Oltin to‘p”ni Eden Azar yoki frantsiyalik futbolchilardan biri olmasa, bu adolatsizlik bo‘ladi deb o‘ylayman”, - deydi Anri.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” sovrini uchun so‘rovnomalar bugun o‘z nihoyasiga etadi. G‘olib nomi esa yanvar oyining boshida e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!