Anri sobiq jamoadoshining 17 yoshli o‘g‘lini PSJga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritdi

  • 11.11.2018 13:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bugun "Monako" Frantsiya chempionatining 13-turida o‘z maydonida PSJni qabul qiladi.

E’tiborlisi, mezbonlar ushbu uchrashuv qaydnomasiga Frantsiyaning yaqin o‘tmishdagi eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblangan Lilian Tyuramning 17 yoshli o‘g‘li Kefran Tyuramni ham kiritishdi. Qayd etish lozimki, Kefran asli “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Monako” – PSJ bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, monakoliklarning hozirgi bosh murabbiyi Terri Anri o‘z vaqtida Frantsiya terma jamoasida Lilian Tyuram bilan birga to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!