Anzur Ismoilov: "Paxtakor"dan yozishdi, javob qaytarmadim
Tadbirda “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov va jamoasiga kelib qo‘shilgan Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov hamda Nikolay Pogrebnyaklar ishtirok etishdi.
Marosimda Azur Ismoilov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. Jumladan unga Toshkentning boshqa bir klubi "Paxtakor"dan taklif bo‘lgani borasida xabarlar tarqalgan edi. Ismoilovning o‘zi bu boradagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
"Men “Loko”ga mavsum avvalida ham qo‘shilishim mumkin edi, ammo Xitoy klubi meni qo‘yib yubormagan edi. Chempionatimizni internet orqali kuzatib boraman. Bu yil o‘sish kuchli. Bolaligimda TTZ stadionida shug‘ullanganman va bu erlar menga juda tanish va qadrli. Qolaversa, “temiryo‘lchilar” mavsum avvalida ham menga taklif bilan chiqishgan edi.
“Paxtakor”dan ham yozishdi, biroq ularga javob qaytarmadim. “Loko”ga kelishga qaror qildim", - deb aytib o‘tdi Ismoilov.

Fikrlar