
Arnautovich hech qaerga ketmaydi
Londonning "Vest Xem" klubi forvardi Marko Arnautovich o‘ziga nisbatan bo‘layotgan har qanday takliflarni rad etib, yana o‘z jamoasida qolishga qaror qildi. U bu haqda o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq 29 yoshli avstriyalik futbolchi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Aniqrog‘i, hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan "Shanxay SIPG" klubi uning uchun “bolg‘achilar”ga 50 mln evro taklif qilgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.
Fikrlar