"Arsenal" ham Vida uchun kurashga qo‘shildi

  • 04.08.2018 19:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi ham "Beshiktosh" himoyachisi Domagoy Vida uchun kurash boshladi.

The Sun nashrining xabar berishicha “kanonirlar” 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun turk klubiga 28 mln evro taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vida uchun shuningdek "Liverpul" hamda "Monako" klublari ham jiddiy kurash olib borishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!