“Arsenal” muxlislari Xames “Bavariya”ga o‘tganidan xursand
Londonning “Arsenal” jamoasi muxlislari “Real” futbolchisi Xames Rodriges faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishidan xursand. Ular ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining bexad shod ekanliklarini yashirishayotganlari yo‘q.
Rasman! "Bavariya" Xames Rodrigesni "Real"dan ijaraga oldi
Ular endi, “Bavariya” “to‘pchilar” hujumchisi Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib olishmaydi deb hisoblashmoqda. Ilgariroq, OAVda chililik futbolchi jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bundan biroz avval “Bavariya” Xames Rodrigesni ikki mavsumga ijaraga olgani haqida xabar bergan edik.

Fikrlar