Arturo Vidal "Inter"ga o‘tishdan bosh tortdi
Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Arturo Vidal Milanning "Inter" jamoasidan tushgan taklifni rad qildi. "Neradzurrilar" futbolchi uchun 57 million evro to‘lashga tayyor edi. Biroq chililik futbolchi faoliyatini Germaniyada davom ettirishni ma’qul topgan.
El Mercurio nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, Vidal myunxenliklar bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishga rozilik bergan. Unga ko‘ra, Arturoning maoshi bir mavsumda 15 million evroni tashkil qiladi.
Vidalning "Bavariya” bilan tuzgan amaldagi kelishuvi yana ikki yildan so‘ng yakuniga etar edi.

Fikrlar