
"Atletiko" Filipe Luisning narxini e’lon qildi
Madridning "Atletiko" klubi PSJ qiziqish bildirayotgan himoyachisi Filipe Luisning transfer narxini e’lon qildi.
Cadena SER nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "matraschilar" 33 yoshli braziliyalik futbolchini "Park de Prens"ga kamida 12-15 million evro evaziga qo‘yib yuborishadi. Biroq, berilgan ma’lumotlarga qaraganda parijliklar yoshi o‘tib qolgan futbolchi uchun buncha mablag‘ to‘lamasliklari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Filipe Luis “Atletiko” rahbariyatidan o‘zini PSJga qo‘yib yuborishni so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone esa uni tarkibda saqlab qolmoqchi.
Fikrlar