
“Atletiko” darvozaboni “Bayer”ga qarshi o‘ynashi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Bayer”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sloveniyalik darvozabon o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida “Vilyarreal”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi. Shundan so‘ng 24 yoshli golkiper boshqa maydonga tushmadi. Oblak yaqindagina jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok eta boshladi.
Londonda shifokor qabulida bo‘lgan Oblak 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan “Bayer”ga qarshi bahsda maydonga tushishga ruhsat olgan.
Yan Oblak “matraschilar”ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. U bu mavsum jami 21ta uchrashuvda “Atletiko” darvozasini qo‘riqlagan.
Fikrlar