"Atletiko" himoyachisi "Real"ga o‘tishini inkor etdi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xose Mariya Ximenes o‘zining "Real"ga o‘tishi borasidagi xabarlarni inkor etdi va buni imkonsiz deb aytdi.
Bu boradagi savollarga 23 yoshli futbolchi quyidagicha javob berdi: “Real”ga o‘tish? Buning imkoni bor deb o‘ylamayman”.
Ma’lumot uchun, Ximenes joriy mavsum “Atletiko” safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar