“Atletiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

  • 2 mart, 2017, 23:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 “Atletiko Mardid” – bu jamoa muxlislari soni kundan kunga ortib bormoqda. Jumladan, yurtimizda ham “matraschilar” muxlislari etarlicha topiladi. Quyidagi maqolamiz aynan ular uchundir. Zero, bugun biz “Atletiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar bilan tanishtiramiz.

Tecno

La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)

La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(2-qism)

La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(3-qism)

6. Fernando Torres — 115 ta gol

 Fernando aynan “Atletiko” tarbiyalanuvchisi sanaladi va bu jamoa safida 2001 yilda debyut qiladi va “matraschilar” safini 2007 yilda tark etadi. “Liverpul”ga 20 mln funt evaziga transfer qilingan Torres “qizillar” safida 4 yil faoliyat yuritdi va 2011 yil “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Torres faoliyatidagi eng katta xatosini qildi deyishimiz mumkin. Ot aylanib, qozig‘ini topadi deganlaridek, Torres ham 2015 yil yana qadrdon bo‘lgan “Atletiko”ga qaytdi. Fernando hozirga qadar “matraschilar” safida 350 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, raqiblar darvozasini 115 marotaba ishg‘ol etishga muyassar bo‘lgan.

5. Xoakin Peyro — 126

Xoakin Peyro 50-60 yillarda faoliyat yuritgan bo‘lib, xuddi Torres singari “Atletiko” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan va keyinchalik faoliyatini boshqa klublarda davom ettirib, so‘ng yana “Visente Kalderon”ga qaytgan. “Atletiko” safida 9 mavsum faoliyat yuritgan Peyro jamoa bilan Ispaniya kubogi(2 marta) va KEKda zafar quchgan. Xoakin bu vaqt oralig‘ida 126 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lganini ham ta’kidlash joiz.

4. Xose Garate — 136

Garate 1966-1977 yillarda “Atletiko” safida to‘p surgan va 3 marta Ispaniya chempioni va ikki bor Ispaniya kubogida g‘olib chiqadi. Shaxsiy sovrinlarga to‘htaladigan bo‘lsak, Xose Garate ketma-ket uch yil La liga to‘purarlari uchun topshiriladigan “Pichichi” sovrinini hech kimga bermagan. Umuman bask millatiga mansub bo‘lgan Garate “matraschilar” safida 322 o‘yin o‘tkazgan va 136 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

3. Pako Kampos — 146

Pako Kampos 40 yillarda “Atletiko”da to‘p surgan. Uning debyuti uzoq 1940 yilning 7 yanvarida “Real”ga qarshi kechgan Madrid derbisida bo‘lib o‘tgan. Umuman olganda 8 yil “Visente Kalderon”da o‘ynagan Kampos jamoa safida 200 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, raqib darvozabonlarini 146 marta “ranjitgan”.

2. Adryan Eskudero — 169

Eskudero 1945-1958 yillarda “Atletiko” safida to‘p tepgan va jamoa bilan ikki bor Ispaniya chempioni bo‘ladi. Eskudero 13 yil davomida “Atletiko” libosida 350 ga yaqin o‘yin o‘tkazgan va 169 ta gol kiritishga erishgan.

1. Luis Aragones — 172

Luis Aroganes “Atletiko” tarixidagi eng buyuk shaxslardan biridir. Marhum futbolchi va murabbiy futbolchilik faoliyatining 10 yilini ushbu jamoada o‘tkazgan bo‘lsa, murabbiy sifatida 15 mavsum ishlaganining o‘ziyoq, uning darajasini namoyish etib turibdi. Ayniqsa, uning murabbiylik davrida “Ateltiko” yuqori darajaga ko‘tarildi. Umuman, Aroganes 10 yil “Visente Kalderon”da to‘p surgan bo‘lsa, mazkur jamoa safida 372 o‘yinda maydonga tushib, 172 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.

90 yillarda ispan klublari qanday liboslarda o‘ynashgan

Xitoy Supeligasi: Mavsum oldidan amalga oshirilgan top transferlar

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!