“Australian open-2017”: Denis Istomin o‘zini g‘alabaga etaklagan omilni oshkor qildi

  • 22 yanvar, 2017, 11:22
  • 0
  • Tennis
TIGGO 2 PRO
 

Avstraliya ochiq chempionatida ketma-ket ikkita saralangan tennischisini musobaqadan chiqarib yuborgan o‘zbekistonlik Denis Istominning o‘yini butun dunyodagi muxlisu mutaxassislarni qoyil qoldirmoqda.

"Katta dubulg‘a" musobaqasining uchinchi bosqichida Denis Istomin ispaniyalik Pablo Karreno-Bustani qariyb uch yarim soat davom etgan bellashuvda 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Denis Istomin ushbu nufuzli turnirda kuchli tennischilarni qanday engayotgani haqida o‘z fiklarini bildirdi.

- To‘g‘risini aytsam, Novak Jokovichga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan so‘ng keyingi uchrashuvga tayyorgarlik qiyin kechdi, - deydi Denis Istomin. - Pablo ham o‘ta kuchli tennischi. Men yutqazib qo‘ysam, Novak ustidan qozongan g‘alabamni oddiy tasodif deb baholashardi. Shuning uchun g‘alaba uchun o‘ynadi va bu qo‘limdan kelishini ko‘rsatdim.

Eng asosiysi, Pablo bilan o‘yingacha tiklanib oldim va uchrashuvda yaxshi o‘ynadim. Menga yoqmagan yagona narsa bu galgi kort bilan markaziy kort o‘rtasidagi farq bo‘ldi. Pabloga qarshi o‘ynagan kortda to‘p tez sakrardi. Shuning uchun ayrim kombinatsiyalar o‘xshamay qoldi.

Denis Istomin 23 yanvarga belgilangan keyingi o‘yinda ATP reytingiga ko‘ra 15-pog‘onani egallab turgan bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!