
Axmedov Riberi va Robbenlar bilan o‘ynaydi?
Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi menedjeri Mads Davidsen uning jamoasi “Bavariya” futbolchilari Aren Robben xamda Frank Riberilarni sotib olishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
“Evropadan kelgan hamma futbolchi ham Xitoyda o‘ynab keta olmaydi. Bunday davrlar o‘tib ketdi. Agarda Riberi uch yil oldin Xitoydan taklif olganida, unda imkoniyat bo‘lgan bo‘lar edi. Biroq “Shanxay SIPG” kabi yuqori maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan jamoalar 33 yoki 35 yoshli futbolchilarni sotib olmaydi.
Ular imkoniyatlarini boy berishdi. “Shanxay SIPG”ga ular endilikda qiziq emas”, – deb aytib o‘tdi Davidsen.
Qayd etish joiz, shanxayliklar safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Axmedov faoliyat olib boradi.
Fikrlar