
Ayni damda Qatar klubida ishlayotgan murabbiy "Real"ni boshqarishi mumkin
Madridning “Real” klubida Xulen Lopetegini almashtirishi mumkin bo‘lgan yana bir murabbiy paydo bo‘ldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” 54 yoshli daniyalik mashhur mutaxassis Mikael Laudrupning nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda. Aytish lozimki, ushbu murabbiy 2016 yildan buyon Qatarning “Al-Rayan” klubida faoliyat olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Laudrup murabbiy sifatida “Xetafe”, “Spartak” Moskva, “Malkorka” va “Suonsi Siti” kabi jamoalarni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, “Real” rahbariyati jamoaning amaldagi ustozi Xulen Lopetegining olib borayotgan ishlaridan va klubning ko‘rsatayotgan natijalaridan umuman qoniqish xosil qilmayapt. Ayni damda ispaniyalik mutaxassis iste’foa arafasida turibdi.
Fikrlar