
Azar: JCh-2018dan so‘ng odamlar meni dunyoning eng zo‘r futbolchilari qatoriga qo‘shishdi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018 uning faoliyatiga qanday ta’sir o‘tkazgani haqida gapirib o‘tdi.
“Jahon chempionatidan so‘ng o‘zimni yakka tartibda yuqori darajaga ko‘tarildim deb hisoblayman. Mundialgacha esa odamlar meni yaxshi futbolchi deb o‘ylashardi, ammo musobaqadan so‘ng ular meni dunyoning eng zo‘r futbolchilaridan biri deb hisoblay boshlashdi. Bu aynan men orzu qilgan daraja va umid qilamanki men ushbu darajani saqlab qola olaman. Mavsum boshidan buyon o‘zimni yaxshi ko‘rsatyapman deb o‘ylayman”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Azar sardorligidagi Belgiya terma jamoasi JCh-2018da bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. Yaqindagida Azar Belgiyada 2018 yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan edi.
Fikrlar