Azar ertaga "Byornli"ga qarshi bahsda ishtirok etmasligi mumkin

  • 27 oktabr, 2018, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" vingeri Eden Azarning ertaga APLning 10-turi doirasida "Byornli"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 27 yoshli belgiyalik futbolchi belida og‘riq his qilmoqda va shu bois u jamoaning bir nechta mashg‘ulotlarini o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, "Byornli" - "Chelsi" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!