Aziz Turg‘unboev: Bekoboddagi mag‘lubiyatni o‘z maydonimizda yuvishimiz kerak edi
Kecha Superliga 30-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so‘ng "lochinlar" etakchisi Aziz Turg‘unboev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Bahs shiddatli va ajoyib tarzda kechdi. Biz bu o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Bekoboddagi mag‘lubiyatga uchradik va bu aybimizni o‘z maydonimizdagi g‘alaba bilan yuvishimiz kerak edi. Xudoga shukr, ajoyib tarzda kechgan o‘yinda zafar quchdik. Buning uchun bizni ajoyib tarzda qo‘llab- quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat aytaman.



Fikrlar