
Bahrom Haydarov: So‘nggi daqiqalargacha kurashdik
Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Qizilqum" (0:1) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov uchrashuv borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- So‘nggi daqiqalargacha kurash olib bordik. Bugun maydonga faqat g‘alabani ko‘zlagan holda tushgan edik. Afsuski, yana omadimiz kelmadi. Yigitlar bellashuvda qo‘ldan kelgancha harakat qilishdi, - deya qisqa fikr bildirdi mutaxassis.
Fikrlar