"Barselona" "Bordo" va "Roma" o‘rtasidagi kelishuvni yo‘qga chiqardi

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "Barselona" "Bordo"ning yarim himoyachisi Malkolm uchun kurashga kirishdi.

Aytib o‘tish joizki, "Roma" ushbu transferni amalga oshirishga yaqin turganda, "ko‘k-anor ranglilar" Malkolmga ko‘chib o‘tishni taklif qilishgan.

Kecha, rimliklar "Bordo" bilan yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokaralar o‘z yakuniga etgani va futbolchi bir necha kundan so‘ng Rimga etib kelishini e’lon qilishgandi. Ushbu ko‘chib o‘tish, 32 million evro evaziga baholangani ham e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, "Barsa" "Chelsi" yarim himoyachisi Villianga qiziqish bildirayotgandi biroq "aristokratlar" 29 yoshli futbolchining narxini 70 millionga baholadi. Shu sababdan, kataloniyaliklar ushbu transferdan kechishdi.

- "Bordo" "Roma" bilan bo‘lgan kelishuvni to‘xtatib qo‘ydi. Biz bir necha kundan so‘ng Rimga ko‘chishni rejalashtirgandik ammo bunday vaziyatda muammoni hal qilishimiz darkor, - deya Malkomning agenti so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!