"Barselona" PSV to‘purari bilan aloqaga chiqdi
Eyndxovenning PSV klubi vingeri Irving Losano Evropa grandlarining diqqatini o‘ziga qaratmoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli meksikalik bo‘lajak futbol yulduzi «Atletiko», «Manchester Yunayted», «Borussiya» Dortmund va «Barselona» kabi jamoalarning qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.
Ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar allaqachon bu borada Losanoning ageti bilan bog‘lanishga ham ulgurishgan.
O‘tgan masum PSV safida 29ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan Losano bu mavsum hozircha 4ta o‘yinda 2ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar