"Barselona" Suaresga ultimatum qo‘ydi

Sadena Ser tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi uchun "Sevilya" va "Betis" jamoalari 20 mln evro to‘lashga tayyorlar, ammo futbolchining o‘zi boshqa klubga o‘tishni istamayapti. U "Arsenal"ga o‘tish istagida yonmoqda, biroq buning uchun u kataloniyaliklar bilan shartnomasini uzaytirishiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Denis Suares 2016 yil "Vilyarreal"dan 3,25 mln evro evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy yilgi mavsumda Ispaniya La Ligasida 2 ta bahsda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!