"Barselona" futbolchisi "Benfika"ga o‘tadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Duglas “Benfika” safiga o‘tadigan bo‘ldi.
O Jogo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Lissabon shahri jamoasi 27 yoshli braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni Xixonning “Sporting” klubida o‘tkazgan Duglas La Liganing 21ta uchrashuvida maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar