"Barselona"dagi braziliyaliklar soni yana bittaga ko‘payishi mumkin
“Liverpul” forvardi Roberto Firmino “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
El Chiringuito de Jugones nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlarini “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyatiga uning hamyurti Filippe Koutino tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tish lozimki, Koutino va Firmino o‘z vaqtida “Liverpul”da ham birga to‘p surishgan. Agar “Barselona” Firminoni sotib olsa, u jamoadan ketishi kutilayotgan urugvaylik forvard Luis Suaresning o‘rnini egallaydi.
Fikrlar