"Barselona"ning ikki xavbeki qishda A Seriya klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 14.11.2018 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning “Barselona” klubi qishki transferlar chog‘ida 2 nafar xavbeki bilan xayrlashishi mumkin.

Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” yarim himoyachilari Denis Suares va Rafinya Alkantara "Roma"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Yozda o‘zlarining etakchi yarim himoyachisi Kevin Strootmanni “Marsel”ga sotib yuborgan rimliklar ayni damda ushbu chiziqda muammolarga duch kelishmoqda va ushbu muammolarni aynan “Barselona” futbolchilari bilan yopmoqchi.

O‘z navbatida Rafinya ham, Suares ham kataloniyaliklar safida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olishmayapti va shu sababli “Roma”dan bo‘ladigan taklifga rozilik bildirishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Suares joriy mavsum “Barsa” safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etdi, Rafinya esa 7ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!