
Batshuayi yana Frantsiyaga qaytishi mumkin
Mavsumni “Valensiya” safida ijara asosida o‘tkazayotgan “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayi yana “Marsel”ga qaytishi mumkin.
Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsuz klubi 25 yoshli belgiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘ida ijaraga olmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda “Marsel” skautlari uni yaqinda bo‘lib o‘tgan Shveytsariya – Belgiya (5:2) uchrashuvida stadiondan turib kuzatib borishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Marsel” Batshuayi uchun begona emas. Boisi, u 2014-2016 yillarda aynan mana shu jamoa sharafini himoya qilgan. U joriy mavsum “Valensiya” tarkibida La Ligada jami 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bor yo‘g‘i 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar