“Bavariya” 2019 yilni ishonchli g‘alaba bilan boshladi

Bundesliga 18-turida “Bavariya” jamoasi safarda “Xoffenxaym” futbolchilariga qarshi maydonga tushdi.

Gollarga boy kechgan bellashuvda myunxenliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Leon Goretskaning dubli va Robert Levandovskining goliga Shults bitta to‘p bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Bavariya” 2019 yilni g‘alaba bilan boshladi. Jamoa ketma-ket 6 o‘yinda g‘alaba qozondi.

Xoffenxaym – Bavariya 1:3 (0:2, 1:1)

Gollar: 0:1 – 34 Gorettska, 0:2 – 45 Gorettska, 1:2 – 59 Shults, 1:3 – 87 Levandovski.

Xoffenxaym – Baumann, Fogt (Grillich, 56), Shults, Kaderjabek, Xyubner, Posh, Bitenkur, Demirbay (Gayger, 56), Belfodil, Kramarich, Joelinton (Salai, 79).

Bavariya – Noyer, Xummels, Alaba, Zyule, Kimmix, Martines (Boateng, 90), Alkantara (Xames, 78), Gorettska, Koman (Gnabri, 73), Myuller, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Fogt (26), Grillich (57), Posh (64), Kimmix (68), Martines (84).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!