
"Bavariya" qishki transferlar davrida "Atletiko" futbolchisini sotib oladi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Atletiko" Madrid himoyachisi Lukas Ernandesga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra nemis grandi 22 yoshli frantsiyalik futbolchini uning shartnomasida ko‘rsatilgan 80 mln evrolik tovon pulini to‘lagan holda sotib olmoqchi. Ushbu transfer esa katta ehtimol bilan qishki transferlar chog‘ida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Lukas Ernandes asli “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2014 yildan buyon “matraschilar”ning asosiy jamoasida to‘p surib kelmoqda.
Fikrlar