"Bavariya" yarim himoyachisi noma’lum muddatga safdan chiqdi

  • 31 oktabr, 2018, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tago Alkantara kecha Germaniya kubogi doirasida "Redingxauzen"ga (2:1) qarshi bahsda jarohat oldi.

Tecno

Ispaniyalik futbolchi uchrashuvning 75-daqiqasida shifokorlar yordamida maydonni tark etdi.

Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida myunxenliklar ustozi Niko Kovach ham Alkantaraning jarohat olganini tasdiqladi. Biroq, hozircha uning jarohati qay darajada jiddiy va  uning qachon safga qaytishi borasida aniq ma’lumotlarga yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!