"Bavariya"da bosh murabbiyga bo‘lgan norozilik ortmoqda

  • 6 oktabr, 2018, 07:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”da jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachga bo‘lgan norozilik ortmoqda, deya xabar beradi Sportbild nashri.

Tecno

Xames Rodriges “Ayaks”ga qarshi kechgan EChL guruh bosqichi 2-tur bahsidan so‘ng (1:1) g‘azabini ushlab tura olmagan. O‘yindan keyin kolumbiyalik futbolchi bosh murabbiy qarata “Biz bu erdamiz, Frankfurt emas!” deb aytgan. Futbolchiga zaxira qolganligi yoqmagan.

Shuningdek, futbolchilar o‘yin amaliyoti noto‘g‘ri taqsimlaganidan ham o‘ta norozi. Ko‘pchilik top-o‘yinchilar oldingi o‘yinda yaxshi o‘ynab, zaxirada qolib ketmoqda: Xames “Shalke-04”ga qarshi o‘yindan so‘ng, Niklas Zyule esa “Bayer”ga qarshi o‘yindan so‘ng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!