Baxtiyor Ashurmatov: Yigitlar bor kuchi bilan harakat qilishdi
Xabaringiz bor kecha Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, shu kuni Olmaliqning AGMK klubi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qildi. Jasur Yaxshiboevning kiritgan yagona goli esa yakunda “sherlar”ga 1:0 hisobidagi muhim g‘alabani keltirdi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugungi mag‘lubiyatda asosiy aybni o‘z zimmamga olaman. Yigitlar qo‘ldan kelgancha maydonda harakat qilishdi. Bugun AGMK ancha shiddatli o‘ynadi. Biroq yakunda omad raqibga kulib boqdi. Oxirgi 2 ta o‘yinda 1 ochko qo‘lga kirita oldik, xolos. Lekin bugun oldingi o‘yindan ko‘ra hujumkorroq o‘ynadik. Agar shu tempni saqlab qola olsak, keyingi uchrashuvlarda albatta maqsadimizga erishamiz va yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini to‘ldiramiz”, - deydi Ashurmatov.

Fikrlar