Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionatida ishlaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekistonlik FIFA referisi Baxtiyor Namozov plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati–2017 musobaqasida ishlash uchun taklif oldi.

Plyaj futboli bo‘yicha Jahon chempionati chempionati shu yilning 27 aprel – 7 may kunlari Bagam orollarida  bo‘lib o‘tadi.

Jahon chempionatida jami 16 ta terma jamoa bosh sovrin uchun kurashadi.

Evropa – Italiya, Polsha, Portugaliya, Shveytsariya;

Osiyo: Yaponiya, BAA, Eron;

Janubiy Amerika  – Braziliya, Ekvador, Paragvay;

Shimoliy va Markaziy Amerika:  Bagam orollari (mezbon), Meksika, Panama;

Afrika – Nigeriya, Senegal;

Okeaniya: Taiti

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Namozov 4–11 mart kunlari Malayziyaning Terengganu shahrida o‘tkazilgan plyaj futboli bo‘yicha Osiyo chempionatida ishlagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!