Bekxem UEFA tomonidan taqdirlanadi

  • 21.08.2018 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”, “Real” klublari va Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem UEFAning prezident mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Prezidentlik mukofotini berishda biz yuksak natijalar va professionalizmni alohida inobatga olamiz. Bu safar men ushbu sovringa Devid Bekxemni loyiq ko‘rdim. Chunki u sayyoramizning har bir burchagida futbolni targ‘ib qilishda faol ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari uning hamisha dunyodagi ko‘plab bolalarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatib kelayotganini alohida ta’kidlash lozim.

Bekxem – o‘z davrining haqiqiy futbol ramzi”, - deydi UEFA prezidenti UEFA Aleksander Cheferin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!